“NAVOIY YODI ILA YASHAYMIZ MUDOM” NOMLI TADBIR BOʻLIB OʻTDI

 “Aql ila olam yuzini obod qil,

  Xulq ila olam elini shod qil”

Bilamizki, 9-fevral “Gʻazal mulkining sultoni” Mir Alisher Navoiyning tavallud kuni hisoblanadi va har yili aynan ushbu sana xalqaro va keng miqyosda nishonlanadi. Bu yil bobomizning 583 yilligini nishonlaymiz.

Bugun – 07.02.2024-yil kuni Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tyutori M.Baltabayevaga biriktirilgan 2-bosqich talabalari ishtirokida “Navoiy yodi ila yashaymiz mudom” deb nomlangan davra suhbati tashkil  etildi.

Tadbir davomida buyuk mutafakkirning hayoti va ijodiga nazar solindi: tarix va iqtisodga oid tasavvufiy va nasriy asarlari, shuningdek, ilmiy-filologik merosi haqida soʻz yuritildi. Talabalar tomonidan ruboiy va gʻazallar ijro etildi. Navoiy ijodi va hayotini ifoda etuvchi taqdimot namoyish etildi.

Leave a Reply

Skip to content