“TALABALAR SPARTAKIADASI”. MINI-FUTBOL BAHSLARI BOʻLIB OʻTDI

Xabaringiz bor, Andijon davlat chet tillari institutining 2023-2024-oʻquv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasiga asosan fevral oyini “Sogʻlom turmush madaniyati oyligi” sifatida oʻtkazish belgilab olingan edi. Shu munosabat bilan “Talabalar spartakiadasi” nomi ostida turli xil sport musobaqalari va tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.

Jumladan, bugun – 03.01.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi uslubchisi F.Mirzayev boshchiligida fakultetlar boʻyicha mini-futbol bahslari oʻtkazildi.

Unda ishtirok etgan jamoalar quyidagicha oʻrin oldilar:

1-oʻrin – “Turon” jamoasi:

2-oʻrin – Roman-german va slavyan tillari fakultetining “Spartak” jamoasi;

3-oʻrin – Ingliz filologiyasi, oʻqitish metodikasi va tarjimashunoslik fakultetining “Sporting” jamoasi;

4-oʻrin – Ingliz tili va adabiyoti fakultetining “Dinamo” jamoasi.

Keyingi oʻtkaziladigan musobaqalarda barcha talaba-yoshlarni faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

Leave a Reply

Skip to content