
Bugun – 26.01.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti talaba-yoshlari hamda Namangan davlat chet tillari instituti talaba-yoshlari bilan birgalikda volleybol sport turi boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Bellashuv davomida talaba-yoshlar bir birlari bilan volleybol sport turi boʻyicha tajriba almashdilar va ushbu sport turi boʻyicha oʻz tajribalarini oshirdilar. Bellashuv oxirida hisob 2-1ga yakullandi. Andijon davlat chet tillari instituti talabalari 2-1 hisobda raqib jamoa ustidan gʻalaba qozondilar.