O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-may kungi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ 162-sonli qarorining 23-bandiga asosan yoshlar uchun “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi bo‘lgan onlayn platformada o‘quv kurslarini tashkil etish vazifasi belgilangan. Bunda, xalqaro onlayn IT-ta’lim platformalari imkoniyatlari va undan samarali foydalanish bo‘yicha ta’lim muassasalari va IT-markazlarda yoshlarga targ‘ibot ishlarini olib borish topshirilgan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat chet tillari instituti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi xodimlari tomonidan institutning bir guruh iqtidorli talaba yoshlariga Raqamli ta’lim texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan yoshlarga “Bir million dasturchi” loyihasining https://uzbekcoders.uz platformasi orqali AQSHning Coursera kompaniyasining onlayn ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyati yaratilganligi tushuntirildi.
Bundan tashqari, vazirlik tomonidan joriy yilning 29-noyabr kuni soat 15:00 da “Coursera” loyihasi to‘g‘risida IT-park bilan hamkorlikda ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan onlayn seminarda ishtirok etish uchun institut yoshlarining iqtidorli talabalarini ushbu loyihadan habardor qilish maqsadida seminarga jalb qilindi. Mazkur seminarda ishtirok etish natijasida xalqaro onlayn IT-ta’lim platformalari imkoniyatlari va undan samarali foydalanish bo‘yicha yetarlicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.