2023-yilning 6-sentabr kuni Andijon davlat chet tillari instituti rektori, professor Dilshodbek Rustamov Madaniyatlar qiyosiy tipologiyasi fanidan «Til va madaniyat: Madaniyatlararo muloqot turlari va xususiyatlari» mavzusida navbatdagi ma’ruza mashg‘ulotini olib bordi. Mazkur o‘tkazilgan ma’ruza mashg‘ulotida institutning Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) mutaxassisligi 1-bosqich talabalari qatnashdi.
Jarayonda talabalar tomonidan yo‘llangan savollarga atroflicha javob berilib, mashg‘ulot zamonaviy metodlar asosida interaktiv tarzda o‘tkazildi.
Aytish joizki, o‘quv jarayonlarida institut rektorining ishtirok etishi talabalarda katta ishtiyoq uyg‘otib, dars jarayonlarida faol bo‘lishlariga xizmat qilmoqda.