I. Umumiy qoidalar
- Ilmiy va innovatsion g‘oyalar, loyihalarni saralab olish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni (keyingi o‘rinlarda – Marafon) oliy ta’lim muassasasi doirasidagi Marafon bo‘lib, yoshlarning ilmiy va innovatsion salohiyatini namoyon etish, mazkur sohadagi istiqbolli loyihalarni dastlabki bosqichda aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, tijoratlashtirish darajasiga olib chiqishga va o‘z navbatida, loyihani amaliyotga joriy etishga qaratilgan. Shu bilan birga Marafon to‘g‘risidagi Nizom Marafon o‘tkazish shartlari, g‘oliblarni aniqlash va ularni taqdirlash tartibini belgilaydi.
- Marafonning oliy ta’lim muassasalaridagi bosqichlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish agentligi, Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi hamda har bir oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda tashkil etiladi.
- Marafon qatnashchilari o‘rtasida ilmiy va innovatsion loyiha yo‘nalishlarida ilmiy-texnik ijodkorlik va ixtirochilikni rag‘batlantirish, innovatsion faollikni oshirish hamda yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
- Marafonda ishtirok etayotgan qatnashchilarning loyihalarini baholash va g‘oliblarni aniqlash uchun tegishli soha mutaxassislaridan iborat, besh kishidan kam bo‘lmagan tarkibdagi Marafon komissiyasi (keyingi o‘rinlardaKomissiya) tuziladi hamda Komissiya kotibi aniqlanadi.
- Marafonning oliy ta’lim muassasalari bosqichlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
II. Marafonni o‘tkazish tartibi, muddatlari va shartlari
- Marafonda ishtirok etuvchi yoshlarni aniqlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarining veb saytlari, intimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon berilib, 7 kun davomida ishtirokchilar ro‘yxatga olinadi.
- Marafon ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tishda aniq bir muammo yoki mavjud potensial imkoniyatdan kelib chiqqan holda innovatsion xarakterga ega g‘oya yoki loyihani taklif etishlari lozim.
- Marafonda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talaba-yoshlar yakka o‘zi yoki ko‘pi bilan uch nafar talaba yoshlardan iborat jamoa bo‘lib ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
- Marafon quyidagi tartibda tashkil etiladi:
- Rasmiy ochilish marosimi – 1-kun;
- Seminar treyninglar – 1-2-kunlar;
- Loyihalarni shakllantirish va rivojlantirish davri – 3-10-kunlar;
- Loyihalar taqdimoti – 11-12-kunlar;- Yopilish marosimi va g‘oliblarni taqdirlash – 13-kun.
- Rasmiy ochilish marosimi – Har bir oliy ta’lim muassasalarida Marafonning rasmiy ochilish marosimi o‘tkaziladi. Unda oliy ta’lim muassasalari rahbariyati, talaba yoshlar va Marafon ishtirokchilari qatnashadi. Ochilish marosimida Marafon ishtirokchilariga Marafonni o‘tkazish tartiblari, loyihalarni baholash mezonlari, g‘oliblarni rag‘batlantirish to‘g‘risida batafsil ma’lumot beriladi.
- Seminar treyninglar – Marafon ishtirokchilari uchun tashkil etiladigan o‘quv dasturi hisoblanadi. Unda oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqot va innovatsion sohada faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi yoki boshqa mutaxassislar yordamida Marafon ishtirokchilariga quyidagi mavzular bo‘yicha seminar treyninglar o‘tiladi:
- Ilmiy unvon va ilmiy darajalar to‘g‘risida ma’lumot va ularni olish tartiblari;
- Ilmiy va innovatsion loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish tartiblari;
- Startap loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish tartiblari;
- Loyihalarni xarajatlar smetasini shakllantirish tartiblari;
- “Bo‘lajak olim” tanlovi va “Akademik harakatchanlik” dasturi nizomlari.
- Loyihalarni shakllantirish va rivojlantirish davri – Marafon ishtirokchilari o‘z loyihalarini rivojlantirish va loyiha hujjatlarini shakllantirishlari uchun 8 kun vaqt beriladi. Mazkur davrda ishtirokchilar o‘z loyihalarini rivojlantirish ustida ishlaydilar, loyihalarga qo‘shimcha yangiliklar va funksiyalar kiritadilar. Mazkur nizomning 1-2-3-ilovalariga muvofiq o‘z loyihalarining hujjatlarini shakllantiradilar.
- Loyihalar taqdimoti – Marafonning har bir ishtirokchisi o‘z loyihalarini Komissiya a’zolariga taqdimot qilishadi. Har bir ishtirokchiga taqdimot qilish uchun 5 daqiqa vaqt, savol-javoblar uchun qo‘shimcha 2 daqiqa vaqt beriladi. Loyihalarni baholash mazkur nizomning 4-ilovasida ko‘rsatilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi. Loyihalar taqdimoti jarayonida Komissiya kotibi tomonidan Komissiya bayoni yuritiladi. Loyihalar taqdimoti yakunida Komissiyaning har bir aʼzosi tomonidan qo‘yilgan ballar umumlashtiriladi.
- Yopilish marosimi va g‘oliblarni taqdirlash Marafon ishtirokchilarining loyihalarini baholash natijasida eng yuqori natija ko‘rsatgan 3 ta loyiha Oliy ta’lim muassasasida tashkil etilgan Marafon g‘oliblari deb e’lon qilinadi.
- Marafon ishtirokchilari, Komissiya a’zolari, Komissiya a’zolarining qo‘ygan ballari, Marafon g‘oliblari va ularning ishlanmalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar Komissiyasining bayonida ko‘rsatiladi hamda aʼzolari tomonidan imzolanadi.
- Natijalar Komissiya tomonidan bayon bilan tasdiqlanib, Oliy ta’lim muassasasining masʼul vakiliga taqdim etilganidan so‘ng, yakuniy (hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib) hisoblanadi va komissiya qarori bo‘yicha Oliy ta’lim muassasasi izoh bermaydi.17. Marafon natijalari va g‘oliblarini eʼlon qilish hamda taqdirlash marosimi Marafonning oxirgi kuni amalga oshiriladi.
- Oliy ta’lim muassasalari Marafon ishtirokchilarini tanlovning talab va shartlari to‘g‘risida xabardor qiladi, tanlov yakunlari bo‘yicha g‘oliblarga xabar beradi va ularni taqdirlashni tashkil etadi.
- Komissiyasi aʼzolari, oliy ta’lim muassasasining va homiylik qiluvchi tashkilotlarning xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari Marafonda ishtirok etish huquqiga ega emas.
III. Ishlanmalarni baholash mezonlari
- Marafonda ishtirok etish uchun ajratib olingan ishlar quyidagi mezonlar asosida, har bir mezon uchun alohida 10 ballik tizim bo‘yicha baholanadi:
- G‘oya yoki loyihaning ilmiy va innovatsion yangiligi;
- G‘oya yoki loyihaning aniq bir muammoning yechimiga yo‘naltirilganligi;
- Mavjud analoglaridan afzalligi;
- Biznes modeli va monetizatsiyasi;
- G‘oyaning amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar;
- Loyiha taqdimotining mukammalligi;
- Loyiha pasporti, biznes-rejasi va xarajatlar smetasi hujjatlari to‘ldirilganligi.
- Marafon ishtirokchilari Komissiya aʼzolariga loyihaning ilmiy va amaliy hamda ijtimoiy ahamiyatini tushuntirib bera olishini namoyish etishi lozim.
- G‘oliblarni aniqlashda baholash jarayoni davomida har bir ishtirokchiga komissiya a’zolari tomonidan qo‘yilgan ballar umumlashtiriladi va komissiya a’zolari soniga bo‘linadi. Eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb hisoblanadi.
- Ishtirokchilar tomonidan to‘plangan ballar soni bir xil bo‘lib qolgan taqdirda, komissiya a’zolari tomonidan ovoz berish usuli bilan g‘olib aniqlanadi.
- Loyihaning ilmiy yangiligini va zamonaviyligini ko‘rsatish maqsadida uning analoglari bilan solishtirish imkonini beruvchi maʼlumotlarni, stendlar yoki boshqa qurilmalarda test va sinovdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida maʼlumot berishlari lozim. Agar ishlanma tanlovda ishtirok etgan yoki patentlangan bo‘lsa bu haqda tegishli maʼlumotlar taqdim etiladi.
- Tanlov g‘oliblarini mukofotlash
- 25. Marafon yakunlariga ko‘ra eng yuqori natijaga ega bo‘lib, 1-2-3-oʻrinlarni egallagan gʻoliblar (jamoalar) quyida koʻrsatilgan miqdordagi pul mukofotlari yoki mazkur qiymatdagi qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadilar:
1-oʻrin – 10 000 000 (oʻn million) soʻm;
2-oʻrin – 8 000 000 (sakkiz million) soʻm;
3-oʻrin – 6 000 000 (olti million) soʻm.
- Mukofot Marafonda g‘olib bo‘lgan loyihalarga, uning mualliflari sonidan qatʼiy nazar, belgilangan qiymatda beriladi. Agar jamoa shaklidaishtirok etgan ishtirokchilarning loyihasi g‘oliblikni qo‘lga kiritsa, jamoa a’zolarining har biriga mukofot summasi teng miqdorlarda taqsimlanadi.
- Mukofotlash Marafonda g‘olib bo‘lgan talaba-yoshlarning bank plastik kartochka hisob-raqamlariga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
- Marafonni g‘oliblarini taqdirlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
- Homiylar taqdim etgan qimmatbaho buyum va/yoki esdalik sovg‘alar homiylar bilan kelishilgan tartibda g‘oliblarga yoki yuqori ko‘rsatkichlarga ega, faol ishtirokchilarga ham (rag‘batlantiruvchi sovg‘a sifatida) topshiriladi.
- Ushbu Nizom, Marafon to‘g‘risidagi maʼlumotlar va uning natijalari oliy ta’lim muassasasining rasmiy web-sayti va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.