INSTITUT KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

Bugun, 29-mart kuni institut rektori Dilshodbek Rustamov rahbarligida navbatdagi kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Dastlab yig‘ilishni institut rektori Dilshodbek Rustamov O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari va buyruqlari bilan Kengash a’zolari (jamoa)ni tanishtirib, tegishli hujjatlarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash, topshiriqlarning ijrosini ta’minlash borasida bajarilishi muhim bo‘lgan vazifalarni ta’kidlab o‘tdi.

Kengash yig‘ilishida masʼullar, xususan, institutda faoliyat olib borayotgan bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda talabalarning malakaviy amaliyotini tashkil etish, fakultetlarda olib borilgan yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlar tanqidiy tahlili, xotin-qizlar masalalari va odob-axloq hamda boshqa masalalar muhokama qilindi.

Yigʻilish yakunida sohalar bo‘yicha masʼullarga koʻtarilgan masalalar yuzasidan bajarilishi kerak bo‘lgan aniq vazifa va topshiriqlar berildi.

 

Andijon davlat chet tillari instituti

Leave a Reply

Skip to content