Har yili 27-martda butun dunyo teatr xodimlari o’zlarining kasb bayramlarini keng nishonlashadi. Ushbu bayram anʼanaviy tarzda «Teatr xalqlar oʻrtasidagi o‘zaro tushunish va tinchlikni mustahkamlash vositasi» shiori ostida oʻtkaziladi.
Xalqaro teatr kuni 1961-yil YUNESKO huzuridagi Xalqaro teatr instituti tomonidan Avstriyaning Vena shahrida boʻlib oʻtgan IX kongressda taʼsis etilgan.
Inson ma’naviyatini tarbiyalashda teatr san’atining o‘rni beqiyos. Zero san’at insonni ma’naviy jihatdan boyitadi, ijodiy qobilyatini rivojlantiradi, ezgulik sari yetaklaydi.
Teatr san’atining turlari ko‘p. Bular – drama teatri, opera, balet, musiqali drama, musiqali komediya, operetta, yosh tomoshabinlar teatri, qo‘g‘irchoq teatri, radio teatr, televizion teatr, estrada teatri, maydon teatridir
O‘zbek teatri ham uzoq tarixga ega bo‘lib, uning dastlabki ko‘rinishlari ibtidoiy jamoa davriga borib taqaldi. Miloddan avvalgi 7-6-asrlarda ajdodlarimiz o‘ziga xos teatr yaratganlar.
Hozirgi kunda jahonning 100 dan ziyod mamlakatida 27-mart kuni teatr sanʼati xodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Teatr har bir davrda, hayotiy saboqlar beruvchi jonli vosita hisoblangan. Inson ma’naviyati yuksalishida ham uning o‘rni bo‘lakcha. Bu haqda ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy “Teatr bu ibratxonadir” deb bejiz ta’kidlamagan.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati