NAVRO‘Z – TARIXIY QADRIYATLARIMIZNI O‘ZIDA JO ETGAN MILLIY BAYRAM

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan institut miqiyosida mart oyining so‘ngi o‘n kunligida “Milliy urf-odatlar va qadriyatlar festivali”ni o‘tkazish, bunda “Milliy liboslar” ko‘rgazmasi, “Sochi uzun sanamlar” ko‘rik tanlovi,  Milliy o‘yinlar va sportning etnik turlari bo‘lgan “Arqon tortish”, “Tosh ko‘tarish”, “Milliy kurash”, “Varrak uchirish” bo‘yicha musabaqalar hamda milliy kuy-qo‘shiqlar bo‘lgan “Alla”, “Kelin salom” aytish bellashuvlarini tashkil etish rejalashtirilgan edi.

Rejaga asosan ertaga 24-mart kuni muassasaning ochiq sport maydonida madaniy tadbir o‘tkaziladi.

Unda munosib qatnashgan talaba-yoshlar estalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi. Shuningdek, viloyatimizning ko‘zga ko‘ringan san’atkorlari ham tadbirda ishtirok etish uchun tashrif buyrushlarini ma’lum qilamiz.

Aziz talabalar, barchangizni mazkur milliy qadriyatlarimiz uyg‘unlashgan bayram tadbirida faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz.

 

Andijon davlat chet tillari instituti matbuot xizmati

Leave a Reply

Skip to content