Englische Sprache und Literatur

ANDIJON DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI

INGLIZ TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI HAQIDA MA’LUMOT

Andijon davlat Chet tillar instituti ingliz tili va adabiyoti fakulteti oliygohning tayanch bo‘limlaridan bo‘lib, u institut avval faoliyat olib borgan 1966-2010 yillarda xalq xo‘jaligi uchun minglab malakali ingliz tili va adabiyoti o‘qituvchilarini tayyorlash ishlarida faol qatnashib kelgan.

Fakultetda filologiya fanlari doktori, professor S.Rahimov, dotsent G‘.Satimovlar ishlagan,  filologiya fanlari doktori, professor G‘.Hoshimov, filologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar: Sh.Alimov, M.Abduvaliyev kabi fidoiy o‘qituvchilar  hozirda ham faoliyat yuritib kelmoqda.   

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-265 sonli qaroriga asosan chet tillarini o‘qitish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim tizimiga joriy qilish, chet tillarini mukammal egallagan oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillar bo‘yicha filologlar, pedagoglar, tarjimonlar va gid hamrohlarini tayyorlash tizimini yanada kengaytirish maqsadida 2022- yili qayta tashkil etilgan Andijon davlat chet tillari instituti tarkibida tashkil topdi. Fakultetga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Egamnazarova Durdona Shuhratillayevna dekan etib tayinlandi.  

Fakultetda quyidagi uchta kafedra faoliyat olib bormoqda:

  • Ingliz tili va adabiyoti;
  • Ingliz tili amaliyoti;
  • Ingliz tili nazariy aspektlari.

Ularda 80 nafardan ziyod  professor-oʻqituvchilar ishlab kelmoqda. Ulardan 2 nafari fan doktori, professorlar, 16 nafari fan nomzodi, dotsentlardir.

Fakultetda 1500 dan ziyod talabalar 5111400 – Xorijiy til va adabiyoti; 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili – kunduzgi)
ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat  hamda 70230201 – Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili), 70230101 – Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi bo‘yicha magistratura  yo‘nalishlarda tahsil oladilar

Fakultet ta’limni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, jumladan, o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni tatbiq qilish, shuningdek, o‘quv jarayonini talabalarda mustaqil ta’lim olish, chet tillarini o‘rganish va o‘qitishda kommunikativ ko‘nikmalar va ilmiy-ijodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yishga shakllantirishga yo‘naltirish; professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish; yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish va ilmiy loyihalarni amalga oshirish mezonlariga tayanib, o‘z istiqbolli dasturi asosida ish olib bormoqda.

 

                                          Расм қўйилади

 

EGAMNAZAROVA DURDONA SHUHRATILLAYEVNA 
Fakulteti dekani. 

Filologiya fanlari b o‘yicha falsafa doktori (PhD)
Telefon: 
+998905477265
E-pochta: itaf@asifl.uz 

Qabul kunlari: har kuni soat  9.00 dan 18.00 gacha

Fakultet dekanining mehnat faoliyati:

2003-2007 yy. – Andijon davlat tillar pedagogika instituti xorijiy til (ingliz tili) fakulteti talabasi

2007-2009 yy. – Andijon tumani 33-umumta’lim maktab o‘qituvchisi

2009-2011 yy. – Andijon davlat universiteti qoshidagi 4-son akademik litsey o‘qituvchisi

2013-2015 yy. –Andijon davlat universiteti xorijiy til(ingliz tili) yunalishi talabasi

2014-2015 yy. – Andijon davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litsey, ingliz tili o‘qituvchisi

2015  – 2021 yy  – Andijon davlat universitetining ingliz tili grammatikasi kafedrasi o‘qituvchisi

2021y  – 2022 yy.  – Andijon davlat universitetining ingliz tili grammatikasi kafedrasi dotsenti v/b.

2022- h.v. – Andijon davlat chet tillari instituti ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani

 

POZILOV MA’MIRJON SOBIROVICH 
O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
Telefon: +998742234027
E-pochta: itaf@asifl.uz

 

 

 

MEHNAT FAOLIYАTI

2003-2007 yy. – Andijon davlat tillar pedagogika instituti talabasi

2007-2012 yy. – Andijon davlat tillar pedagogika instituti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dispetcheri

2012-2013 yy. – Andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulьteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini

2013-2015 yy. – Andijon davlat universiteti nemis tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi

2015- y. – 2022 yy. – Andijon davlat universiteti chet tillar fakulьteti o‘quv  ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari

2022- y. – h.v. – Andijon davlat Chet tillar instiuti ingliz tili va adabiyoti fakulteti o‘quv  ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari

 

AHUNOV MUQIMJON MUHAMMADAMINOVICH 

О‘quv  ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Telefon: +998742234027

E-pochta: itaf@asifl.uz

 

                                           MЕHNAT FAOLIYATI:

2005-2010 yy.- Andijon davlat tillar pedagogika instituti ingliz tili fani o‘qituvchisi

2005-2007 yy – Andijon davlat universiteti lingvistika yo‘nalishi magistr

2010-2012 yy.- Andijon davlat universiteti ingliz tili fani o‘qituvchisi 

2012-2014 y. – Andijon davlat universiteti qoshidagi akademik litseyining ingliz tili fani o‘qituvchisi

2014 – y.     – Andijon davlat universiteti Xorijiy tillari va adabiyoti magitr

2014-2019y y.  – Andijon davlat universiteti ingliz tili fani o‘qituvchisi

2019-2020 yy.     -Andijon davlat universiteti Chet tillar fakulteti

   Fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar) kafedrasi o‘qituvchisi

2020-2022 yy.       – Andijon davlat universiteti Chet tillar fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

2022- y. – h.v. – Andijon davlat Chet tillar instiuti ingliz tili va adabiyoti fakulteti o‘quv  ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari

 

SIDDIKOV JAXONGIR NOSURILLOYEVICH

Ma`naviy-marifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Telefon: +998742234027

E-pochta: itaf@asifl.uz

 

MEHNAT FAOLIYATI

2006-2010     yy.- Andijon tillar pedagogika inistituti talabasi.

2011-2012     yy.- Oltinko’l tumani Oltinko’l transport kollejida o’qituvchi.

2012-2014     yy.-  Andijon davlat universiteti Magistratura bo’limi  “Ingliz tili va adabiyoti” mutaxassisligi magistranti.

2014- 2022      yy.- Andijon davlat universiteti  “Fakultetlararo chet tili” kafedrasi o’qituvchisi

2022- y. – h.v. – Andijon davlat Chet tillar instiuti ingliz tili va adabiyoti fakulteti ma`naviy-marifiy  ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Skip to content