Langue et littérature anglaises (d)

INGLI Z TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI

 

VOSITOV VALIJON ABDUVAHOBOVICH
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Telefon: 0(374) 223-42-76 
E-pochta: Vositov_V_A@gmail.com

 

 

 

 

Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi ingliz adabiyoti tarixi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, sinxron va izchil tarjima, til amaliyoti, chet (ingliz) tili fanlari boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar olib boradi. Kafedra universitet tarkibida fanlar boʻyicha oʻquv uslubiy va ilmiy-uslubiy ishlarni amalga oshiruvchi, shuningdek, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlovchi, ularning malakasini oshiruvchi asosiy tarmoq hisoblanadi.

 

Kafedra tashkil etilgandan buyon unga filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.A.Abduvaliyev (1996-1998, 2010-2015 yy), filologiya vanlari doktori, professor Gʻ.M.Xoshimov (1998-2005 yy), filologiya fanlari doktori, professor K.J.Joʻrayev (2005-2007yy), filologiya fanlari nomzodi, dotsent T.B.Umirzaqov (2007-2008 yy), katta oʻqituvchi B.T.Jalilov (2008-2009 yy), filologiya fanlari nomzodi, dotsent S.O.Solijonov (2009-2010 yy), lar rahbarlik qildilar.
Hozirda Ingliz tili va adabiyoti kafedrasiga filologiya fanlari nomzodi, dotsent Vositov Valijon Abduvaxobovich rahbarlik qilmoqda.
Kafedrada 22 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatadi. Ulardan 4 nafari daraja va unvonlarga ega. Kafedra professor-oʻqituvchilarining 2 nafari katta oʻqituvchi, 18 ta assistent oʻqituvchi lavozimlarida ishlaydi.
Kafedra ilmiy salohiyati 18% ni tashkil etadi. Kafedra professor-oʻqituvchilarining oʻrtacha yoshi 35 ni tashkil etadi. Kafedra professor-oʻqituvchilari 17 fandan talabalarga tahsil berib kelmoqda.

 

Xalqaro aloqalar:

Kafedraning katta o’qituvchisi, G. Rahmanova 2019 –avgust oyida, Turkiyaning top 1000 talikka kiruvchi GAZI universitetining, Xorijiy tillar fakulteti, Ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasiga biriktirilgan xolda tayanch o’qishga kirib, 2022 yili 13 ta fandan kreditlar to’plab, imtixonlarni muvaqqayatli tamomladi hamda rasman dissertatsiyaning yakuniy qismini tamomlash uchun ruhsat oldi va dissertatsiya ustida ish olib bormoqda.

 

 

“Yosh adabiyotchi” toʻgaragi faoliyatidan lavhalar:

Iqtidorli talabalar bilan alohida mashgʻulotlar oʻtish maqsadida “Yosh adabiyotchi” toʻgaragi tashkil etilgan. Toʻgarakda talabalarni inglizzabon mamalakatlar (Angliya va Amerika) adabiyoti tarixiga doir badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish va keng ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun yoʻnaltiriladi.

 

Aller au contenu principal