Études d’orientation, de communication interculturelle et de traduction

GID HAMROHLIGI, MADANIYATLARARO MULOQOT VA TARJIMASHUNOSLIK

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning “Andijon davlat chet tillari institutini tashkil qilish to’g’risida”gi 265- sonli qarori chiqqandan keyin institutning “Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti” qoshida “GID HAMROHLIGI, MADANIYATLARARO MULOQOT VA TARJIMASHUNOSLIK” kafedrasi tashkil etildi.

Kafedraga filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori Egamberdiyev Jasurbek Jahongirovich mudir etib tayinlandi.

 

 

 

 

 

 

 

Hozirgi paytda kafedrada 13 nafar professor-o’qituvchi asosiy shtatda faoliyat olib bormoqda. Ulardan ikki nafari filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktorlari, ikki nafari katta o’qituvchilar, to’qqiz nafari o’qituvchilar hisoblanadi.

Kafedrada 16 nafar professor-o’qituvchi o’rindoshlik asosida faoliyat olib bormoqda. Ulardan to’rt nafari filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktorlari, 12 nafari o’qituvchilardir.

Kafedra professor-o’qituvchilarining 14 nafari til bilish sertifikatlariga ega. Ular:

  1. Egamberdiyev Jasurbek – TKT, APTIS
  2. Qosimova Madinaxon – APTIS
  3. Egamberdiyeva Irodaxon – TKT
  4. Bozorbekov Ahmbadbek – TEFL
  5. Mirzakamolov Umidjon – CEFR
  6. Qodirov Xalilullo – IELTS
  7. Qo’chqarova Gavharoy – APTIS
  8. Atabayeva Saidaxon – CEFR, TESOL
  9. Rustamov Boburjon – APTIS
  10. Abdulazizov Dovudbek – APTIS
  11. Tilakov Nozimjon – APTIS
  12. Boltaboyeva Nargiza – APTIS
  13. Ataboyeva Nilufar – APTIS
  14. Ahmedov Azimjon – IELTS

2022-2023 o’quv yili davomida kafedradagi barcha professor-o’qituvchilar til bilish sertifikatlariga ega bo’lishlari ko’zda tutilgan.

Kafedra professor-o’qituvchilaridan besh nafari Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan mamlakatlar oliy o’quv yurtlarida malaka oshirib, sertifikatlarini qo’lga kiritdilar. Ikki nafar yosh xodim magistratura bosqichini Janubiy Koreya mamlakatida tamomlagan. 2026-yilgacha kafedraning barcha professor-o’qituvchilarining xorijda malaka oshirib qaytishlari ta’minlanadi.

Kafedra professor-o’qituvchilari o’rtacha yoshi 38 yosh.

Kafedra ilmiy salohiyati xozirgi kunda 15%ni tashkil qiladi, bu ko’rsatgich 2026- yilgacha 35% ga ko’tarilishi rejalashtirilgan.

 

 

Kafedra qoshida “Yosh tarjimon” va “Speaking Club” nomli ikkita to’garak faoliyat olib bormoqda. Ularda institutimizning 50 nafarga yaqin faol va iqtidorli talabalari darsdan tashqari bo’sh vaqtlarini foydali o’tkazmoqdalar.

Aller au contenu principal