Theoretische Aspekte des Englischen

INGLIZ TILI NAZARIY ASPEKTLARI KAFEDRASI.

 

SOLIJONOV SOBIR OTAXONOVICH

Kafedra mudiri. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Telefon: +998742248198

E-pochta: asifl@edu.uz

 

 

 

Ushbu kafedra 2022-yil 5-sentyabrdan “Ingliz tili nazariy aspektlari” deb nomlanib, bu kafedra sobiq “Ingliz tili fonetikasi” kafedrasi asosida tashkil topgan boʻlib, dastlab “Ingliz tili leksikasi va stilistikasi” deb nomlangan. Kafedraga 2017-yildan hozirga qadar filologiya fanlari nomzodi, dotsent S.O.Solijonov mudirlik qilib kelmoqda.

 

Oʻquv-uslubiy ishlar

Bugungi kunda kafedrada 24 ta oʻqituvchi asosiy shtatda ishlaydi, shulardan 3 ta fan nomzodi, 2 ta dotsent va 3 ta f.f.f.d (PhD).

Avvalgi yillarda kafedrada “Oʻrganilayotgan til stilistikasi”, “Oʻrganilayotgan til leksikologiyasi”, “Ingliz tili nazariy fonetikasi”, “Amaliy fonetika”, “Oʻqish va yozish amaliyoti”, “Til aspektlari amaliyoti”, “Integrallashgan til koʻnikmalari”, “Kommunikativ leksika”, “Xorijiy OAV tili”, “Oʻlkashunoslik”, “Tili oʻrganilayotgan mamlakat tarixi va madaniyati” va boshqa mutaxassislik fanlaridan maʼruza, amaliy va seminar mashgʻulotlari olib borilar edi. Bugungi kunda kafedrada “Oʻrganilayotgan til stilistikasi”, “Oʻrganilayotgan til leksikologiyasi”, “Ingliz tili nazariy fonetikasi”, “O’rganilayotgan til tarixi” kabi nazariy fanlar o’qitilishini hisobga olib, kafedra “Ingliz tili nazariy aspektlari” nomiga o’zgartirildi.

Kafedra aʼzolari kafedra tasarrufidagi 1-4 kurslarda 6 ta fan boʻyicha mashgʻulotlar olib boradilar va ularning amaliyotlariga rahbarlik qiladilar.

 

Ilmiy tadqiqot ishlari

Hozirda “Ingliz tili nazariy aspektlari” kafedrasinng ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi ustuvor yoʻnalishlaridan biri Ingliz tilining stilistikasi, leksikologiyasi, fonetikasi va til tarixi fanlarini tadqiq qilish hamda chogʻishtirishdan iboratdir. Bugungi kunda kafedra ilmiy salohiyati 22 foizni tashkil etmoqda. Kafedra doktoranti X.Davlatova va mustaqil tadqiqotchi O.Qodirovlarning f.f.f.d (PhD) boʻyicha dissertatsiyasi himoyasi kutilmoqda.

2022-yilda kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan 3 ta oʻquv (uslubiy) qoʻllanma nashrga ruxsat berilgan boʻlsa, 80dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar nashrdan chiqarilgan. Ilmiy maqolalarning 2 tasi xalqaro Scopus ilmiy jurnallarda, 30ta impakt faktorga ega ilmiy jurnallarda, 2 tasi xalqaro ilmiy jurnallarda, 2 tasi OAK roʻyxatidagi ilmiy jurnallarda va 2 tasi respublikada roʻyxatdan oʻtgan ilmiy jurnallarda nashr qilingan boʻlsa, tezislarining 25 tasi xalqaro va 13 tasi respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy anjuman materiallar toʻplami hisoblanadi.

Kafedra aʼzolaridan 2 nafari 2020-yilda amalga oshirilgan innovatsion loyixalarda qatnashdilar. Jumladan kafedra mudiri filologiya fanlari nomzodi, dotsent Solijonov Sobirjon 2020-yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan eʼlon qilingan tanlovda gʻolib boʻlgan va tasdiqlangan “Sunʼiy ong platformalari uchun elektron lugʻat va matn tarjimoni dasturiy mahsulotini yaratish”. Amaliy loyixa (Ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishi boʻyicha (Filologiya) loyihasida ishtirok etdilar. Ushbu loyiha 2020-yil boshlanib, 2022-yilda yakunlanmoqda.

 

Kafedraning hamkorlik aloqalari

2022-yilda kafedraning ilmiy yoʻnalishidagi xalqaro aloqalari Italiyaning Piza universiteti, Turkiyaning TDTKB – Türk Dil Tarih Kültür Birliği markazi, Rossiyaning Moskva davlat lingvistik universiteti, Buyuk Britaniyaning Xalqaro Lingvistika Akademiyasi, Angliyaning Kembridj universiteti, Angliyaning Norvich til oʻqitish instituti, Amerika Qoʻshma Shtatlarining “American English E-Teacher” dasturi “TESOL Methodology course” kursi, Xindistoning “Master Mind Publik School” va “SHIVALIK VIDYAVALA” maktablari bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatildi va xozirga qadar olib borilmoqda.

Kafedra doktoranti M.Qurbanovga Piza universiteti Lingvistika, filologiya va adabiyot departamenti professori Mirko Tovasanis (Mirko Tavosanis), Turk tili tarixi va madaniyat birligi (TDTKB – Türk Dil Tarih Kültür Birliği) markazi oʻqituvchisi Sefer Eraslan (Sefar Eraslan) va Moskva davlat lingvistika universiteti professori Olga Irisxanova ingliz (italyan), turk va rus tillaridan ilmiy maslahatchilik qilib kelmoqda. Natijada, xammualiflikda olib borayotgan ilmiy izlanishlari natijasida xozirga qadar jami 5 ta ilmiy maqolalar tayyorlanib, ular kelgusida xorijdagi va mahalliy ilmiy jurnallarga chop etish uchun taqdim qilindi.

   

Skip to content