Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi

MATTIYEV ABDULAZIZ OKTYABRJON O’G’LI

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i.

Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent

Qabul vaqti – Seshanba-Juma (10:00-12:00)

Tel:  +998 (55) 203-33-33 (1021)

Fax:

E-mail: mattiyev1@gmail.com

Bo‘limning asosiy maqsadi:

          Respublikada ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalarda olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirishda institutning ilm-fan yo‘nalishlari doirasida malakali rahbar kadrlar tayyorlash, institutda ilmiy-innovatsion, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sohalarini kompleks rivojlantirish.

          Bo‘lim ilmiy-tadqiqot ishlari hamda grant loyihalari bilan bog‘liq faoliyatini fakultetlar, kafedralar va tegishli bo‘limlar bilan kelishgan holda amalga oshiradi.

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogikkadrlar tayyorlash bo‘limining asosiy vazifalari:

 – institutning ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga doir yo‘l xaritasini ishlab chiqish va bajarilishini muntazam nazorat qilish;

– institutda oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlari uchun qabul jarayonini tashkil etish, izlanuvchilarning shaxsiy ish rejalari, dissertatsiya mavzularini tasdiqlash va muntazam monitoringini olib borish;

– institutda tadqiqotchilar uchun yil davomida malakaviy imtixonlarni mutaxassislik hamda chet (ingliz, nemis) tili fanlaridan malakaviy imtixonlar tashkil etish;

– institutda ilm-fan bilan shug‘ullanayotgan professor-o‘qituvchilarga yetarli shart-sharoit yaratish maqsadida ularning dissertatsiya mavzularini institut Kengashida muhokamadan o‘tkazgan holda OAK byulletenida nashr ettirishga ko‘maklashish;

– institutda innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadida ilmiy, innovatsion, fundamental, amaliy va start-ap loyihalarini ishlab chiqqan holda ularni turli respublika hamda xorijiy grant tanlovlarida ishtirok etishini ta’minlash;

– kafedralar tomonidan ilmiy seminarlar, xalqaro va respublika konferensiyalari va simpoziumlarni oʻtkazishga koʻmaklashish, ushbu tadbirlar yakunidagi ilmiy tavsiyalarni keng jamoatchilikka tadbiq qilish.

– kafedralarning ilmiy tadqiqot jarayonlarini faollashtirish, ularning me’yoriy-uslubiy va axborot-resurs ta’minoti sifatini oshirish orqali ilmiy ishlanmalar koʻlamini kengaytirish va ularni amaliyotga tadbiq etish orqali sohalar buyurtmalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

– Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik aloqalari oʻrnatilishini tashkil etish, axborotlar almashib turilishini ta’minlash;

– ilmiy nashrlar bazasini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarni adabiyotlar, statistik ma’lumotlar bilan ta’minlashning barqaror tizimini shakllantirib borish;

– xorijiy universitetlar, tadqiqot markazlari va institutlari bilan hamkorlikda xorijiy ilmiy tadqiqot, maslahat va oʻquv markazlari bilan ilmiy hamda amaliy aloqalarni oʻrnatish, rivojlantirish va mustahkamlash;

– ilmiy-tadqiqot faoliyatida yuqori natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilarni moddiy ragʻbatlantirish hamda ular uchun maxsus mukofotlar ta’sis etish;

– institut reytingini respublika hamda xorijiy miqyosda yuqori o‘rinlarga ko‘tarish maqsadida istiqbolli reja ishlab chiqish va unda belgilangan vazifalarni o‘z muddatida amalga oshirish.  

 

Skip to content