TALABALAR KIBERFIRIBGARLIK XAVFIDAN OGOHLANTIRILDI

Andijon davlat chet tillari institutining Ingliz tili va adabiyoti fakultetida talabalarni internet firibgarligidan ogohlantirish hamda kiberxavfsizlik bo‘yicha xabardorligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

Fakultet dekani o‘rinbosari O.Vositov hamda institut profilaktika inspektori Sh.Ahmedova tomonidan talabalarga internet va messenjerlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, shubhali havolalar va noma’lum manbalardan yuborilgan ilovalardan ehtiyot bo‘lish zarurligi tushuntirildi.

Jumladan, “Bu sizmisiz?”, “To‘ydan rasmlar”, “Suddan chaqiruv” va “APK Qo‘riqchi” kabi nomlar ostida tarqatilayotgan zararli APK fayllar bilan bog‘liq xavflarga e’tibor qaratildi. Talabalarga bunday fayllarni ochmaslik va o‘rnatmaslik, shaxsiy ma’lumotlar hamda tasdiqlash kodlarini begona shaxslarga bermaslik tavsiya etildi.

Ogohlik va ehtiyotkorlik — kiberxavfsizlikning muhim sharti!

Text box item sample content

Skip to content