
Bugun, 2-oktabr kuni, Andijon davlat chet tillari institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir yoshlarni yot g‘oyalardan asrash, ularning huquqiy va diniy savodxonligini oshirishga qaratildi.
Tadbirni institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori M.Kurbanov ochib berdi. Uchrashuv davomida soha mutaxassislari tomonidan ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari hayotiy misollar asosida tushuntirildi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Andijon shahar bo‘limi bosh mutaxassisi A.Muzrobxonov islom dinining tinchlikparvarlik mohiyati haqida ma’ruza qildi. Shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan soxta diniy da’vatlardan ehtiyot bo‘lish, axborotga tanqidiy yondashish hamda ishonchli manbalardan foydalanish zarurligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.