
Andijon davlat chet tillari institutida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali bayram tadbirida institutning bir guruh professor-o‘qituvchilari Andijon viloyati hokimining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
Institut rektori D.A.Rustamov boshchiligida jamoa a’zolari jam bo‘lgan tadbirda ustozlarning ta’lim-tarbiya sohasidagi samarali faoliyati, yosh avlod kamolotiga qo‘shayotgan hissasi hamda kasbiga sadoqati e’tirof etildi. Bayram munosabati bilan topshirilgan faxriy yorliqlar ularning fidokorona mehnatiga bo‘lgan hurmat va e’tiborning ifodasi bo‘ldi.
Quyidagi professor-o‘qituvchilar mazkur faxriy yorliq bilan taqdirlandilar:
— Umarxodjayev Muxtarxon — professor;
— Solijonov Sobirjon — professor;
— Mamadaliyev Axmadali — professor;
— Kuchkarov Shavkat — dotsent;
— Kabilova Zebiniso — dotsent;
— Nasritdinov Kabuljon — dotsent;
— Pazilova Nasiba — professor;
— Teshaboyev Akramjon — kafedra mudiri;
— Egamberdiyev Jasurbek — kafedra mudiri;
— Ishanjanova Munosibxon — kafedra mudiri;
— Abdulayev Begzod — kafedra mudiri;
— Altmishova Yorqinoy — dotsent;
— Tursunova Nodirabegim — katta o‘qituvchi;
— Maxmudova Nilufar — o‘qituvchi.
Ustozlarning bilim va tajribasi, ilmiy-pedagogik faoliyati hamda yosh mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi mehnati institut rivojida muhim o‘rin tutadi. Bunday e’tirof ularning mas’uliyatli faoliyatiga yanada kuch va ilhom bag‘ishlab, yangi yutuqlar sari intilishiga xizmat qiladi.
Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi nomidan faxriy yorliq bilan taqdirlangan barcha ustozlarni samimiy tabriklaymiz! Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, ilmiy va pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar hamda shogirdlarining yutuqlaridan doimo faxrlanib yurishlarini tilaymiz.