
Andijon davlat chet tillari institutida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali bayram tadbirida institutning bir guruh professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Institut rektori D.A.Rustamov boshchiligida jamoa a’zolari jam bo‘lgan bayram tadbirida ustoz va xodimlarning ta’lim sohasi rivojiga qo‘shayotgan hissasi, kasbiga sadoqati hamda samarali mehnati e’tirof etildi.
Quyidagi ustoz va xodimlar mazkur ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldilar:
Alimov Sharofiddin Soliyevich — professor;
Abduvaliyev Mahamatjon Arabovich — professor;
Hoshimov G‘anijon Mirzaahmedovich — professor;
Agranovskaya Natalya Sergeyevna — katta o‘qituvchi;
Butayev Dilshod Rustamovich — bo‘lim boshlig‘i.
Ushbu mukofot ustoz va xodimlarning ko‘p yillik fidokorona mehnati, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish hamda institut faoliyatini rivojlantirish yo‘lidagi xizmatlariga bildirilgan yuksak e’tirofdir. Ularning bilim va tajribasi, mas’uliyati hamda tashabbuskorligi institut jamoasi va yosh mutaxassislar uchun munosib ibrat bo‘lib xizmat qiladi.
Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi nomidan barcha taqdirlanganlarni samimiy muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik hamda sharafli faoliyatida yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilaymiz.