0

2026-yil 15–16-may kunlari Andijon davlat chet tillari institutida “The 4th International ILTERG & LET-IN Conferences” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.
Mazkur nufuzli anjuman ilm-fan va ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, zamonaviy ilmiy yondashuvlar hamda innovatsion tajribalarni almashish maqsadida o‘tkazilmoqda. Ikki kun davom etishi rejalashtirilgan konferensiyaning birinchi kuni an’anaviy oflayn formatda yuqori saviyada tashkil etildi.
Konferensiyaning ochilish marosimida institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xorijiy mutaxassislar hamda tadqiqotchilar ishtirok etdilar. Tadbir davomida xorijiy keynote speakerlar tomonidan dolzarb mavzulardagi ma’ruzalar taqdim etildi. Shuningdek, ilmiy taqdimotlar, parallel sessiyalar va interaktiv muhokamalar orqali ishtirokchilar o‘zaro ilmiy tajriba almashdilar.
Anjuman doirasida ingliz tili ta’limi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, sun’iy intellektning ta’limdagi o‘rni, raqamli ta’lim muhitlari, madaniyatlararo kommunikatsiya hamda til o‘qitishning innovatsion metodlari yuzasidan muhim masalalar muhokama qilindi.
Konferensiyaning ikkinchi kuni onlayn formatda davom ettirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda mahalliy va xorijiy olimlar virtual sessiyalar orqali o‘z ilmiy ishlanmalari, tadqiqot natijalari va ilg‘or tajribalari bilan ishtirok etadilar.
Mazkur xalqaro konferensiya ilmiy hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish yo‘lida muhim platforma vazifasini o‘tamoqda.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati