“Kelajak o‘yinlari”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 21-fevral
kuni Qozon shahrida (Rossiya) “Kelajak o‘yinlari” birinchi xalqaro multisport
musobaqasining ochilish marosimida ishtirok etib, navbatdagi xalqaro musobaqani
O‘zbekistonda oʻtkazish yuzasidan takliflarni ilgari surgan edi. Ushbu takliflar
ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 5-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va
innovatsiyalar vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligining “Talabalar
kibersport oʻyinlari Fargʻona-2025” respublika musobaqasini tashkil etish va
oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 30-q/q-son qo‘shma qarori tasdiqlandi.
Unga ko‘ra “Talabalar kibersport oʻyinlari Fargʻona-2025” respublika
musobaqasining OTM saralash bosqichi joriy yilning 9–14-iyun kunlari, hududiy
bosqich esa 16-21-iyun kunlari barcha hududlardagi davlat texnika oliy ta’lim
muassasalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Leave a Reply

Skip to content