HALOL YOʻL – YUKSAK MAQSAD

2025-yil 13-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 175-sonli buyrug‘i bilan “Oliy ta’lim tashkilotlarining talaba-yoshlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan «Eng yaxshi esselar» respublika tanlovini tashkil etish to‘g‘risida” qaror qabul qilindi. Mazkur buyruq ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlar ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida 2025-yil 16-may kuni Andijon davlat chet tillari institutida tanlovning institut bosqichi tashkil etildi.

“Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu tanlovda institutning barcha fakultetlaridan iqtidorli va faol talabalar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar o‘zlarining korrupsiya illatiga qarshi kurash, halollik va adolat tamoyillarini targ‘ib qiluvchi ijodiy ishlari orqali o‘z qarashlarini ifoda etdilar. Tanlovda taqdim etilgan esselar mavzu yondashuvi, ijodkorlik, dalillarga asoslanganlik, tahririy savodxonlik kabi mezonlar asosida hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, bu borada yoshlarga yuklatilayotgan vazifalar, halollikning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida ma’ruzalar ham tinglandi. Tanlov yakunida eng yaxshi deb topilgan esselar mualliflari keyingi — hududiy bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Mazkur tanlov institutda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini keng targ‘ib qilish, talaba-yoshlarni faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxs sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Leave a Reply

Skip to content