ADCHTI GOʻZAL QIZLARI “MILLIY FASHION SHOW” TANLOVIDA GʻOLIB BOʻLDILAR

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tashabbusi bilan respublikamizning barcha hududlarida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda milliy liboslarimizni targ‘ib qilishga qaratilgan “Milliy Fashion Show” loyihasi o‘tkazildi.

Mazkur loyihaning Andijon viloyati bosqichi ham yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, ushbu tanlovda Andijon davlat chet tillari institutining go‘zal va iqtidorli talaba-qizlari ham faol ishtirok etib, milliylik va nafosat uyg‘unligini yorqin namoyon etdilar.

Milliy qadriyatlar, go‘zallik va nafosat uyg‘unlashgan “Milliy Fashion Show” tanlovida Andijon davlat chet tillari instituti talaba-qizlari o‘zlarining betakror chiqishlari bilan barchaning e’tiborini qozondilar.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, Andijon davlat chet tillari instituti talaba-qizlari faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content