ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI IQTIDORLI TALABALARI UCHUN YANA BIR IMKONIYAT!

HURMATLI IQTIDORLI TALABALAR!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashish, komplayens nazoratini takomillashtirish va raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan 2025-yil 10-dekabr kuni o‘tkazilgan taqdimotda berilgan topshiriqlar bayonining 17-bandi ijrosini ta’minlash, shuningdek, oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan yoshlarda iqtisodiy va moliyaviy savodxonlikni oshirish, ularning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilayotgan ochiq fan olimpiadasida ishtirok etishga taklif etamiz.
Mazkur olimpiada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 23-fevraldagi “Respublika oliy ta’lim tashkilotlarining iqtidorli yoshlari o‘rtasida moliyaviy savodxonlik bo‘yicha turkum fan olimpiadalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 71-sonli buyrug‘i asosida o‘tkaziladi.
OLIMPIADA QUYIDAGI FANLAR BO‘YICHA BO‘LIB O‘TADI:
• Moliya
• Soliq
• Bank ishi
• Iqtisodiy statistika va ma’lumotlar tahlili
O‘TKAZILISH SANASI:
2026-yil 31-mart
O‘TKAZILISH JOYI:
Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 1-qavat, 105-xona
OLIMPIADADA ISHTIROK ETISH ORQALI SIZ:
• iqtisodiy va moliyaviy bilimlaringizni sinovdan o‘tkazasiz;
• nazariy bilimlaringizni mustahkamlaysiz;
• amaliy ko‘nikmalaringizni rivojlantirasiz;
• o‘z iqtidor va salohiyatingizni namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

BARCHANGIZNI FAN OLIMPIADASIDA FAOL ISHTIROK ETISHGA CHORLAYMIZ!

Skip to content