
#yangilik
Qo‘shma tadqiqot simpoziumi – 2026
Hurmatli ustozlar va talabalar!
🌐 Virginia hamdo‘stlik universiteti va Shanxay normal universiteti tomonidan 2026-yil 11–12-noyabr kunlari o‘tkaziladigan Qo‘shma tadqiqot simpoziumi-2026 e’lon qilindi.
📝 Asosiy mavzu:
“Ta’limdagi innovatsiyalar: global sharoitlarda kelajakdagi pedagoglarni tayyorlash”.
🔹 Simpoziumning asosiy maqsadi — madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, pedagoglarning madaniy kompetensiyasini mustahkamlash va xalqaro tajribada tadqiqot hamda amaliyotni bog‘lash imkoniyatini yaratishdir.
📌 Yo‘nalishlar:
✔️ O‘qituvchilarni tayyorlash va kasbiy rivojlanish;
✔️ O‘qituvchilarning farovonligi va kasbiy identiteti;
✔️ Ta’lim texnologiyalari va o‘quv jarayonini loyihalash;
✔️ Ijtimoiy adolat va ta’limiy kontekstlar.
✉️ Takliflar: soeiesc@vcu.edu elektron manziliga yuborilishi lozim.
➕ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: @Gulchehra76 manziliga murojaat qilishingiz mumkin.
🏛 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati