Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 2-dekabrdagi 452-sonli buyrug‘iga muvofiq, respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning bilimini baholash va nazorat qilish tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Unga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi shakliga o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun yakuniy nazorat imtihonlari tajriba-sinov tarzida amalga oshiriladi.
Mazkur buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida hamda professor-o‘qituvchilar va talabalarni buyrug‘ining mazmun-mohiyati bilan tanishtirish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
-
Yakuniy nazoratlar katta sig‘imli auditoriyalarda, video kuzatuv kamerasi ostida o‘tkazilishi;
-
Baholovchilar faqat shu fanni o‘tmagan mustaqil professor-o‘qituvchilar bo‘lishi;
-
Savollar tarkibi va baholash mezonlari oldindan e’lon qilinishi;
-
Imtihon jarayonida shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish;
-
Barcha natijalar HEMIS tizimiga kiritilishi va onlayn kuzatuv imkoniyati yaratilishi.
Ushbu tartib va chora-tadbirlar, eng avvalo, ta’lim sifatini oshirish, korrupsiyaning oldini olish va baholashda xolislikni ta’minlashga qaratilgan.