TANLOV GʼOLIBLARI TAQDIRLANDI

Andijon davlat chet tillari institutining talaba-yoshlari oʼrtasida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida «Korrupsiya – oliy taʼlimga yashirin tahdid» shiori ostida tashkil etilgan loyihalar tanlovida faol ishtirok etib, gʼoliblikni qoʼlga kiritgan talabalar taqdirlandi.

🔴Tanlovda gʼolib bo’lgan talabalar esa quyidagilar:

➡️Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti 1-bosqich talabasi Xusnitdinova Dilrabo Donyorbek qizi — I oʼrin;

➡️Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti 2-bosqich talabasi Komiljonov Shoxruxbek Komiljon oʼgʼli — II oʼrin;

➡️Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 1-bosqich talabasi Raximberdiyeva Muattarxon Akramjon qizi — III oʼrin.

➡️Shuningdek, talabalar oʼrtasida korrupsiyaga qarshi kurashish targʼibotini amalga oshirganligi hamda tanlovni tashkil etishdagi faolligi uchun Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabasi Mirzayeva Mumtozbegim Hasanboy qizi «Eng faol targʼibotchi» nominatsiyasiga ega boʼldi.

➡️Gʼoliblarga sertifikat va esdalik sovgʼalarini Rektor maslahatchisi M.Israilov, Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens» nazorati boʼlimi boshligʼi Sh.Mamajonov va Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʼlimi boshligʼi M.Baltabayeva topshirdi va ularning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladilar.

Leave a Reply

Skip to content