ILMIY DARAJA VA ILMIY UNVONLARGA SAZOVOR BO‘LGAN PROFESSOR-O‘QITUVCHILARGA DIPLOMLAR TOPSHIRILDI

Andijon davlat chet tillari institutida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali bayram tadbirida ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga sazovor bo‘lgan professor-o‘qituvchilarga tegishli diplomlar topshirildi.

Institut rektori D.A.Rustamov boshchiligida o‘tgan tadbirda ustozlarning ilmiy izlanishlari va erishgan yutuqlari e’tirof etildi. Mazkur marosim bayram shukuhiga o‘zgacha mazmun bag‘ishlab, ilmiy faoliyat bilan izchil shug‘ullanib kelayotgan professor-o‘qituvchilar uchun quvonchli voqea bo‘ldi.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga sazovor bo‘lganlar:

— Abdullayev Begzod Xoldaraliyevich;
— Ishanjanova Munosibxon Said-Axmadovna;
— Altmisheva Yorkinoy Majidovna;

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga sazovor bo‘lganlar:

— Ismanova Odinaxon Urunbayevna;
— Sodikov Dilshodbek Kobilovich;
— Abduraimova Maxliyo Valijon qizi;
— Ashurova Muxayyoxon Sanjarbek qizi;
— Ermatov Shoxrux Raximovich;
— Tursunova Mashxura Avazbek qizi;
— To‘lanboyeva Shaxnoza Shavkatbekovna;
— Boltaboyeva Nargiza Maxamatjon qizi;
— Ashurov Mo‘min Umarjonivich;
— Jalolova Muqaddasxon Baxodirovna;
— Tadjiboyeva Gulzoda Baxromjon qizi;
— Uliqova Mavluda Sotvoldiyevna;
— Husanova Mashxura Qaxromonovna;
— Matqulov Xosilbek Mavlonovich;
— Xamidov Nodirbek Zakirovich;
— Kurbanova Sevara Rustamjon qizi;
— Shaxobitdinov Xayotbek Xakimjon o‘g‘li.

Professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘lganlar:

— Matkarimova Ashurxon Ismoilovna;
— Xoshimov Muzaffarjon G‘anijonovich;
— Axunov Muqimjon Muxammadaminovich;
— Gavxaroy Isroiljon qizi;
— Kabulova Umida Saidmaxamadovna.

Dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘lganlar:

— Skrylinikov Yuriy Stepanovich;
— To‘lanboyeva Shaxnoza Shavkatbekovna;
— Tursunova Nodirabegim Fayzullo qizi;
— Abdujaborova Shoxista Adiljanovna;
— Siddiqov Jaxongir Nasurulloyevich;
— Yusupov Xolmirza Ergashevich;
— Karimov Kamoldin Nasriddinovich;
— Matqulov Xosilbek Mavlonovich;
— Abdullayev Baxodirjon Maxamadjonovich;
— Fozilov Botirjon Zakirovich;
— Teshaboyev Akramjon Yo‘ldashevich;
— Abduraxmonov To‘raxon Saydullayevich;
— Alimova Maftuna Ravshanbek qizi;
— Axmedova Muhayyo.

Ushbu ilmiy daraja va unvonlar ustozlarning izchil izlanishlari, mashaqqatli mehnati hamda ilm-fanga bo‘lgan sadoqatining samarasidir. Ularning yutuqlari institutning ilmiy salohiyatini mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish va yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔝Ilmiy izlanishlarni pedagogik faoliyat bilan uyg‘un olib borayotgan ustozlarning muvaffaqiyatlari yosh mutaxassislar va talaba-yoshlar uchun munosib ibratdir. Bu yutuqlar kelgusida yangi tadqiqotlar olib borish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda ta’lim jarayonini ilg‘or yondashuvlar bilan boyitishga xizmat qiladi.

Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi nomidan ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga sazovor bo‘lgan barcha ustozlarni samimiy muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘lik, ilmiy va pedagogik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, samarali izlanishlar hamda ulkan yutuqlar tilaymiz.

Skip to content