



Sport bayramining ilk uchrashuvi sifatida futbol musobaqalariga tantanavor start berildi. Ayni damda maydonda oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar boshlandi.
Maydondagi jo‘shqin kayfiyat, sportga bo‘lgan yuksak ishtiyoq va g‘alabaga intilish tadbirga yanada o‘zgacha ruh bag‘ishlamoqda.
