ADCHTI VA HARBIY QISM: ILM VA SHUJOAT HAMKORLIGI

Andijon davlat chet tillari instituti mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasidagi ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyati 31655-sonli harbiy qismi bilan keng ko‘lamli hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
​Mazkur hamkorlik doirasida oliygoh va harbiy qism o‘rtasida rasmiy memorandum imzolandi hamda bir qator muhim loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.

 ​Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:

​ Til o‘rgatish kurslari: Harbiy qismga yangi xizmatchilar qabul qilinayotganligini inobatga olib, 2026-yil 23-mart sanasidan boshlab bevosita harbiy qismda tillar kesimidagi maxsus o‘quv kurslari faoliyat boshlaydi.
​Kitobxonlik targ‘iboti: Harbiy qism axborot-resurs markazidagi 2000 dan ziyod adabiyotlar bazasi o‘rganildi. Endilikda institut ARM tomonidan har oyda 100 tadan yangi kitoblar yetkazib berish orqali harbiy askarlarga xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
​ Vatanparvarlik tarbiyasi: Mazkur hamkorlik kelajakda harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyatini oshirish hamda talaba-yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Andijon davlat chet tillari instituti harbiy soha bilan integratsiyani kuchaytirish orqali Vatan himoyachilarining til bilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga o‘zining munosib hissasini qo‘shishda davom etadi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content