MARTABALI MEHMONLAR ADCHTI YOSHLAR SAROYIDA BO‘LDILAR

 ​Bugun — 04.03.2026-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutiga O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov tashrif buyurdilar.
 
 ​Mehmonlarni institut rektori Dilshodbek Rustamov kutib oldi. Tashrifning dastlabki qismida institutning Yoshlar saroyi faoliyati ko‘zdan kechirildi.
 
 ​Tanishuv jarayonida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
 
 ​Zamonaviy sharoitlar: Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan imkoniyatlar va infratuzilma;
Ilmiy-ijodiy to‘garaklar: Talabalarning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qilayotgan turli yo‘nalishdagi to‘garaklar faoliyati;
 ​Bosmaxona faoliyati: Institutda barcha zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangan, dunyo darajasidagi bosmaxonadagi nashriyot va bosma ishlarini tashkil etish jarayonlari.

Bundan tashqari Alisher Saʼdullayev institut Yoshlar yetakchisi I.Abdulxamidovning xizmat xonasida boʻlib, oʻz koʻrsatma va takliflarini bildirib oʻtdi. Institutning faxri boʻlgan professor M.Umarxoʻjayev mehmonlarga oʻzining yangi nashrdan chiqqan kitoblarini sovgʻa qildi.
 
 ​Mehmonlar institutda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholab, talabalarning ilmiy va ijodiy intilishlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdilar.
 
 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

 

Skip to content