

Andijon davlat chet tillari institutida tashkil etilganligining 60 yilligini munosib nishonlash bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori M.Kurbanov olib bordi.
Yig‘ilishda yubiley tadbirlarini yuksak saviyada tashkil etish uchun belgilangan 5 ta asosiy yo‘nalish rahbarlarining shu vaqtgacha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi.
Hisobotlar davomida rejalashtirilgan tadbirlarning bugungi holati, tayyorgarlik jarayonidagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi. Shuningdek, yubiley doirasida o‘tkazilishi mo‘ljallangan ilmiy konferensiyalar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar va talaba-yoshlar ishtirokidagi aksiya yuzasidan yangi taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlandi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati