XALQARO HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI: QIRG‘IZISTONLIK MEHMONLAR BILAN MUZOKARALAR O‘TKAZILDI

 ​Andijon davlat chet tillari institutiga Qirg‘iziston Respublikasining nufuzli oliygohlaridan biri — O‘sh davlat universitetining Qirg‘iz-Xitoy fakulteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
 O‘zaro tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida tashrif buyurgan delegatsiya tarkibidan quyidagi mas’ullar o‘rin oldi:
 
 ​Mamatair Uson uulu — Qirg‘iz-Xitoy fakulteti dekani;
 ​Avazbek Tashbayevich Altinbekov — Dekanning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari;
​Tinistan Suyumbayevich Pazilov — Dekanning xalqaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari;
 ​Qiyaz Jalolidinovich Karimov — Fakultet o‘qituvchisi.
 Martabali mehmonlarni institutning O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i K.Karimov boshchiligidagi mas’ullar kutib oldilar. Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuv davomida ikki oliygoh o‘rtasidagi ilmiy-pedagogik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.
 
 ​Kelishilgan asosiy yo‘nalishlar:
 
​Xitoy tili yo‘nalishida hamkorlik: Ikki oliygohning Xitoy tili fakultetlari o‘rtasida o‘quv dasturlarini muvofiqlashtirish;
​Akademik mobillik: Talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish;
 ​Malaka oshirish: Professor-o‘qituvchilar uchun o‘zaro tajriba almashish hamda qisqa muddatli ilmiy amaliyotlarni tashkil etish.
 Ushbu tashrif Andijon davlat chet tillari institutining xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oshirishga hamda mintaqaviy oliygohlar bilan integratsiya jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qiladi. Kelgusida imzolanishi kutilayotgan hamkorlik kelishuvlari har ikki tomon yoshlari uchun keng imkoniyatlar eshigini ochishi shubhasiz.
 
 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

 

Skip to content