DO‘STLIK VA ILM KO‘PRIKLARI SARHISOBI

Xalqaro akademik mobillik dasturi doirasida Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh davlat universitetida bo‘lib qaytgan Andijon davlat chet tillari instituti delegatsiyasi o‘z tengdoshlari uchun unutilmas ma’rifiy-badiiy kecha tashkil etdi.

​ Bugun oliygohimizda an’anaviy «Payshanba — Yoshlar kuni» doirasida O‘shDUdan qaytgan iqtidorli talabalarimiz va Rus tili nazariyasi va tarjimashunosligi kafedrasi o‘qituvchisi M.Uraimova ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uni institutning Oʻquv-uslubiy boshqarmasi boshligʻi K.Karimov ochib berdi.

​ Tadbirning asosiy urg‘ulari:

​Tajriba va mahorat: Delegatsiya a’zolari qardosh universitetda o‘tkazilgan «Do‘stlik diktanti», innovatsion Start-up loyihalar taqdimoti hamda dars jarayonlaridan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
 ​Madaniy muloqot: Tadbir davomida O‘shda namoyish etilgan va mezbonlar olqishiga sazovor bo‘lgan badiiy chiqishlar — Vatanimizni madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va raqslar institutimiz talabalari e’tiboriga havola etildi.
 ​Akademik intilish: Talaba-yoshlar xalqaro ta’lim muhitidagi farqlar, yangi metodika va bilim olishdagi zamonaviy yondashuvlar haqida qiziqarli prezentatsiyalar namoyish etdilar.

​ Uchrashuvda so‘z olganlar ta’kidlaganidek, bunday safarlar nafaqat bilim almashish, balki talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, ularda vatanparvarlik va xalqaro do‘stlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

​ Andijon davlat chet tillari instituti iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda va xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashda davom etadi!

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content