Boʻlim boshligʻi:
Egamberdiyev Jasurbek Jahongirovich
Qabul kunlari: har kuni soat 14:00 dan 17:00 gacha.
Telefon: +998 93 415 55 25
e-mail: jasurbek.egamberdiyev@mail.ru; adchti.tsnqb@gmail.com

Bosh mutaxassis: Abdulazizov Dovudbek Baxtiyorjon oʻgʻli
Telefon: +998 93 706 24 24
e-mail: dovudbek.abdulazizov@bk.ru

Bosh mutaxassis: Abdulazizov Dovudbek Baxtiyorjon oʻgʻli
Telefon: +998 93 706 24 24
e-mail: dovudbek.abdulazizov@bk.ru
Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi haqida:
Andijon davlat chet tillari instituti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bо‘limi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bо‘lib, bevosita oliy ta’lim muassasalari tarkibiga kiradi.
Bо‘lim о‘z faoliyatini О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Davlat inspeksiyasi hamda ADCHTI rektorining buyruqlari va qonuniy kо‘rsatmalariga, shuningdek Bо‘lim tо‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimining maqsadi va vazifalari:
- taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarning davlat taʼlim standartlari (DTS), malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlari, ishchi oʻquv rejalar va fanning ishchi dasturlari bilan taʼminlanganligi hamda oʻzaro muvofiqligini tahlil etish;
- ADCHTIda taʼlim jarayoni sifatini, uning oʻquv adabiyotlari va oʻquv-uslubiy materiallar bilan taʼminlanganlik darajasini oʻrganish;
- talabalar bilimini baholash jarayonlari va natijalarining xolisligi va shaffofligini oʻrganish;
- talabalar bilimini tanlanma asosida aniqlash uchun qoʻshimcha ravishda nazorat ishlarini oʻtkazish (mazkur nazorat natijasi talabaning oʻzlashtirish koʻrsatkichida aks etmaydi), natijalarni tahlil qilish, taʼlim sifatiga taʼsir koʻrsatgan omillarni aniqlash jarayonlarini tashkillashtirish;
- Har bir fan boʻyicha dars mashgʻulotlarini tahlil qilish va ADCHTI rektoriga maʼlumotlar berib borish;
- talabalar davomati va professor-oʻqituvchilarning darsga munosabatini monitoringini olib borish;
- baholash natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlash va ularning natijalari yuzasidan ADCHTI kengashida hamda rektor yigʻilishida hisobotlar berib borish;
- bitiruvchilarning bilim darajasini oʻrganish maqsadida yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari hujjatlari bilan tanishish;
- tashkiliy-huquqiy va metodik koʻrsatmalar asosida taʼlim va kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish va nazorat qilishni tashkil etish;
- ADCHTIni ichki attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish va ichki attestatsiya natijalarini, taʼlim sifatiga taʼsir etuvchi omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ADCHTI rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;
- taʼlim sifatini belgilovchi koʻrsatkichlarning holatini monitoring qilish, aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan ADCHTI rektoriga takliflar berish;
- taʼlim sifatini oshirish maqsadida professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
- ADCHTIning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, boʻlim, markaz) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yoʻnalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni oʻtkazish, tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish boʻyicha ADCHTI rahbariyatiga takliflar kiritish;
- ADCHTI professor-oʻqituvchilari tayanch maʼlumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tayyorlashdan oʻtganligini yoki mos ixtisoslik boʻyicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini oʻrganish va xulosalarni ADCHTI rektoriga maʼlum qilish;
- taʼlim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha takliflar berish;
- ADCHTI da talabalar amaliyotining taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olgan holda tashkil etilganligi va uning samarasini nazorat qilish;
- ADCHTI reytingini aniqlash, baholash, attestatsiya va taʼlim sifatini oʻrganish bilan bogʻliq jarayonlarda ishtirok etish;
- ADCHTIdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va taʼlim sifatini oshirish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-oʻqituvchi va kadrlar isteʼmolchilari oʻrtasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish;
- ADCHTIdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va taʼlim sifatini oʻrganish maqsadida professor-oʻqituvchilar va kadrlar isteʼmolchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan ijtimoiy soʻrovlar jarayonida ishtirok etish, natijalari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
- bitiruvchilarning taʼlimni keyingi bosqichiga oʻqishga kirishi yoki ishga joylashishlarini tahlil qilishda ishtirok etish;
- respublika va xorijiy davlatlardagi taʼlim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy oʻrganib borish va ularni taʼlim jarayoniga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
- ADCHTI reytingini xalqaro darajaga koʻtarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy taʼlim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uning ijrosini taʼminlashda faol ishtirok etish;
- ADCHTI tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan hamda oʻquv seminarlari va treninglarni oʻtkazish;
- ADCHTI Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda TSNQ boʻlimi tomonidan taʼlim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan oʻrganish va monitoring natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berib borish;
- taʼlim sifati holatini oʻrganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni ADCHTI rahbariyatiga taqdim etish.
Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimining me’yoriy hujjatlari:
Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimining hisobotlari: