Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor

KURBANOV MUZAFFAR ABDUMUTALIBOVICH


Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor

Qabul vaqti – Seshanba, Payshanba (14:00-15:00)

Tel: 

Fax: +998 (74) 223-42-76

E-mail: ilm.adchti@gmail.com

ILMIY ISHLAR VA INNOVATSIYALAR BO‘YICHA PROREKTORI LAVOZIM

VAZIFALARI:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi Vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, institut Kengashi qarorlarini, institut rektorining buyruq va topshiriqlarining bajarilishini tashkil etish;
  • Institut tuzilmasi bo‘yicha ilmiy ishlari bo‘yicha prorektorga bo‘ysinuvchi bo‘limlar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;
  • Institutda ilmiy izlanish ishlarni tashkil etish va yetuk, barkamol malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Oliy ta’limda keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida
  • Institutda ilmiy izlanishning zamonaviy shakllarini, shu jumladan axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • Ilmiy izlanish ishlari bo‘yicha rektorga takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
  • Fakultetlar, kafedralar va bo‘limlarning ilmiy yo‘nalishdagi ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • Institut fakultet, kafedra va bo‘limlarining ilmiy yo‘nalishdagi faoliyatlari yuzasidan Kengash yig‘ilishlarida reja asosida xisobot berish;
  • Institutning ilmiy muammolar xay’atlari va ilmiy innavatsion guruxlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
  • Institut bo‘yicha katta ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy ishlarini shakllantirish va nazorat qilish xamda ularning faoliyatlari yuzasidan muntazam ravishda institut rektoriga va kengash yig‘ilishlarida xisobot berib borish;
  • Yuqori ilmiy saloxiyatga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarning Ilmiy maktablarini tashkil etish va faoliyatini nazorat qilish;
  • Institutda fan olimpiadalarini, jamiyat va tibbiyotning ustivor muammolariga bag‘ishlangan ilmiy – tematik seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil qilish va o‘tkazish, Respublika va Xorijiy mamalakatlarda o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarda institut vakillarining ishtirokini ta’minlash;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi, Instellektual mulk agentligi va Davlat patent idoralari bilan muntazam ravishda xamkorlik aloqalarini o‘rnatish, institut ilmiy xodimlarining grantlar va xo‘jalik shartnomalari bilan ishlashiga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish;
  • Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalarining ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha faoliyatlarini bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish;
  • Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, ilmiy jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini institut xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda institutning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib borish ishlarini tashkil etish;
  • Iqtidorli yoshlarni izlash, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talabalar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi Navoiy nomli davlat stipendiyasi va boshqa nomdor stipendiyalar sovrindorlarini tayyorlash jarayoninida ishtirok etish;
  • Kafedralarning ilmiy ishlar yuzasidan yillik faoliyati hisobotlarini tahlil qilish va rektorga xulosalar kiritish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini zamonaviy usullarda amalga oshirilishini ta’minlash;
  • Tayanch oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institut va markazlari bilan ilmiy-amaliy yo‘nalishlarda doimiy hamkorlikni amalga oshirish;
  • Mexnat va ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rish, ular bilan mexnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha rektorga takliflar kiritish;
  • Institutning ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha xisobotlarni taxlil qilish va belgilangan muddatlarda tegishli yuqori organlarga taqdim etilishini nazorat qilish;
  • Institut rektori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki qabulini amalga oshirish xamda murojaatlarni ko‘rib chiqish;
  • Institut Ustavi, ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati talablarini bajarilishini ta’minlash va rioya qilish.

 

Skip to content