HEMIS axborot tizimi

Oliy taʼlim jarayonlarini
boshqarish axborot tizimi (HEMIS)
Ushbu axborot tizimi «Ma’muriy boshqaruv», «O‘quv jarayoni», «Ilmiy faoliyat» va «Moliyaviy boshqaruv» axborot tizimlarini o‘z ichiga olgan.

Yo‘riqnomalar
header right image
HEMIS
Oliy taʼlimni boshqarish axborot tizimi
HEMIS axborot tizimi oliy taʼlim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga maʼmuriy xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron taʼlim xizmatlarini taqdim etadi. Axborot tizimi oliy taʼlim muassasalari bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrtasida axborot koʻprigi vazifasini oʻtaydi hamda oliy taʼlim muassasalaridan olinadigan turli xil maʼlumotlar sonini keskin kamaytirish, ularning qogʻoz shaklidan voz kechish va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi.

Maʼmuriy boshqaruv
OTM strukturasi, fakultetlar va kafedralar, xodimlar va oʻqituvchilar tarkibi, talabalar kontingenti va ularning harakatiga oid axborotlarni boshqarish

Oʻquv jarayoni
Oʻquv dasturlari va rejalari, oʻquv mashgʻulotlari va imtihonlar jadvallari, talabalarning oʻzlashtirish va davomatiga oid axborotlarni boshqarish

Ilmiy faoliyat
Ilmiy loyihalar, ilmiy va uslubiy nashrlar, intellektual mulk, oliy malakali ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlashga oid axborotlarni boshqarish

Moliyaviy faoliyat
Taʼlim shartnomalari, shartnoma qiymatlari va toʻlov monitoringi, stipendiya miqdorlari va stipendiya toʻlovlariga oid axborotlarni boshqarish

RAQAMLI UNIVERSITET LOYIHASI

Raqamli universitet loyihasi asosiy maqsadlari:
oliy ta’lim muassasalari faoliyatidagi barcha jarayonlarni ochiqligi va shaffofligini taʼminlash;
oliy taʼlim tizimida byurokratik toʻsiqlar yuzaga kelishini oldini olish va moliyaviy xarajatlarni qisqartirish;
oliy taʼlim tizimida oʻquv, ilmiy, maʼmuriy va moliyaviy jarayonlarni avtomatlashtirish;
oliy ta’lim muassasasi, talaba va ish beruvchi tashkilotlar oʻrtasida uzviylikni taʼminlash;
taʼlim jarayoni ishtirokchilari faoliyati samaradorligini monitoring qilish;
tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish va qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish va tezlashtirish.

Skip to content