INSTITUTDA OCHIQ DARS MASHGʻULOTLARI BOʻLIB OʻTDI

Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakultetida Amaliy tilshunoslik fanidan “Til va terminologiya” mavzusida Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) O.Vositov tomonidan ochiq dars mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi. Ushbu dars mashgʻulotlari talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllash malakasini oshirish, ilmiy-nazariy tushunchalarni chuqur anglash va terminologik bilimlarni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Ochiq dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va taqdimot vositalaridan keng foydalanildi. Talabalar berilgan mavzu boʻyicha o‘z fikrlarini erkin ifoda etib, muhokamalarda faol ishtirok etdilar. Dars davomida til va terminologiya sohasidagi dolzarb masalalar, ularning turli fanlar bilan bogʻliqligi, hamda amaliy misollar orqali tahlil qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi.

Mazkur ochiq dars mashgʻuloti professor-oʻqituvchilar va talabalar tomonidan ijobiy baholanib, kelgusida bunday tadbirlar muntazam oʻtkazilishi lozimligi ta’kidlandi.

Leave a Reply

Skip to content