DUAL TAʼLIM YANGI IMKONIYATLAR ESHIGINI OCHMOQDA

Bugun – 29.04.205-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, oʻqitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Ingliz tili oʻqitishning integrallashgan kursi kafedrasi oʻqituvchisi M.Jalolova boshchiligida Filologiya va tillarni o’qitish: Ingliz tili yo’nalishi 22/04-guruh talabalari ishtirokida «STEM School» maktabida navbatdagi ochiq amaliy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir 6-9-sinf o‘quvchilari bilan dual taʼlim tizimini yanada rivojlantirish, yaʼni nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish, ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish va o‘qitish jarayonida innovatsion metodlardan foydalanishni kengaytirish maqsadida tashkil etildi.

Ochiq mashg‘ulot davomida talabalarning dars jarayonini tashkil etish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Maktab o‘quvchilari bilan interaktiv usullarda ingliz tili mashg‘ulotlari olib borilib, guruhlarda ishlash, ijodiy fikrlash, muloqot qilish va amaliy topshiriqlarni bajarish kabi faoliyatlar orqali o‘quvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Mazkur tashabbus orqali oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘z amaliy malakalarini oshirish barobarida maktab bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirishga, shuningdek, zamonaviy taʼlim talablariga mos o‘quv jarayonini shakllantirishga hissa qo‘shmoqda.

Leave a Reply

Skip to content