YOSHLAR AKADEMIYASI AʼZOLARI BILAN SUHBAT TASHKIL ETILDI

Andijon davlat chet tillari instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʼlimi tomonidan iqtidorli talabalar uchun seminar tashkil etildi.

Seminarda M.Baltabayeva talabalarga Yoshlar akademiyasi faoliyati, Yoshlar akademiyasiga aʼzo boʼlish talablari, tashkil etiladigan tanlovlar, liderlarning vazifalari haqidagi maʼlumotlarni bayon etdi
Shuningdek, InnoX biznes-inkubator va akselerator kursini muvaffaqiyatli yakunlab, Yoshlar akademiyasi aʼzoligiga qabul qilingan faol talabalar Soliha Muhammadaminova, Mohiraxon Xoshimjonova, Muattarxon  Raximberdiyevalar bilan suhbat tashkil etildi.

Muattarxon Raximberdiyeva talabalarga STARTAP tushunchasi, gʼoyani loyiha koʼrinishiga keltirish, loyihani shakllantirish, taqdimot tayyorlash haqida maʼlumot va koʼrsatmalarni berib oʼtdi. Talabalar tomonidan loyihani guruh bilan tayyorlash, moliyaviy hujjatlarni tayyorlash yuzasidan qiziqtirgan savollarga javob olindi.

Leave a Reply

Skip to content