INNOX GʼOLIBLARINI QUTLAYMIZ!

Oʼzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish agentligining «InnoX» biznes-inkubator dasturini tashkil etish boʼyicha tasdiqlangan Nizomga muvofiq, Andijon Yoshlar Texnoparkida tashkil etilgan 120 soatlik «InnoX» biznes-inkubator dasturi 5-mavsumining Demo day loyihalar taqdimotida 4 nafar iqtidorli talabalarimiz Abdumannobova Zahro, Muhammadaminova Soliha, Xoshimjonova Mohiraxon, Raximberdiyeva Muattarxonlar  oʼz STARTAP loyihalari bilan ishtirok etib, sertifikat va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.

Quvonarlisi shundaki, 5-mavsumning 1-oʼrin sohibasi Xoshimjonova Mohiraxon 3 million soʼmlik vaucherni qoʼlga kiritdi.
Iqtidorli talabalarimizga ushbu sohada yuksak parvozlar tilaymiz!

Leave a Reply

Skip to content