“Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”

O‘zbekiston Respublikasining ushbu 07.09.2024 yildagi O‘RQ-957-sonli qonuni ta’lim sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan. Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, maktabgacha va maktab ta’limi sohalarida boshqaruv tizimi takomillashtirilgan. Ayrim hukumat organlarining funksiyalari boshqa vazirliklarga o‘tkazilgan, bu esa qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni talab qiladi.
Qonunda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sport vazirligi kabi tashkilotlarning vakolatlari belgilangan. Shuningdek, ta’lim sifatini nazorat qilish, ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, kadrlar malakasini oshirish kabi masalalar bo‘yicha yangi tartib va mexanizmlar joriy qilinmoqda.
Bu o‘zgarishlar ta’lim tizimini samarali boshqarish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. 
Qonunining mazmun mohiyatini tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida O’quv ishlari bo’yicha prorektor E.E.Kurbanov moderatorligida rahbar xodimlar(bo’lim va markaz boshliqlari hamda kafedra mudirlari) uchun targ’ibot ishlari olib borildi.

Leave a Reply

Skip to content