«IKKI SIYMO ZIYOSI» NOMLI DAVRA SUHBATI BOʻLIB OʻTDI

Bugun – 13.02.2025-yil sanasida Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakultetida ikki buyuk ijodkor – Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan «Ikki siymo ziyosi» nomli davra suhbati bo’lib o’tdi.

Fakultet dekani K.Karimov ochib bergan ushbu davra suhbatiga Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor B.M.Rahmonov tashrif buyurdi. Adabiyotshunos olim talabalarimiz uchun bir qancha kerakli maʼlumotlar ulashdi. Bundan tashqari buyuk mutafakkirlarimizning hayoti va ijodi, ular qoldirgan meroslar haqida toʻliq maʼlumotlar berib oʻtdi.

Shundan so’ng Ijtimoiy gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi Q.Nasriddinov tomonidan ham mavzuga doir qiziqarli ma’lumotlar talabalar hukmiga havola etildi.

Leave a Reply

Skip to content