TARGʼIBOT ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024yil 22-noyabrdagi 441-buyrugʼiga asosan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʼzbekiston-2030» strategiyasining har bir insonga oʼz salohiyatini roʼyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadida oliy taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan yosh olim, ilmiy izlanuvchi va talabalar oʼrtasida «2025-yil may-iyun oylarida ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda eʼlon qilingan eng yaxshi material» tanlovi oʼtkazilishi eʼlon qilingan.

2025-yilning 7-yanvar kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʼlimi boshligʼi Bunyodbek Sotvoldiyev professor-oʼqituvchilar va doktorantlarga tanlov shartlari haqida tushuncha va qoʼshimcha maʼlumotlarni berib oʼtdi.

Leave a Reply

Skip to content