Ayni kunlarda Toshkent davlat agrar universitetida “Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish: Tajribalar va istiqbol rejalar” mavzusidagi respublika o‘quv-seminari bo’lib o’tmoqda.
Seminar davomida barcha OTMdan kelgan ishtirokchilariga ushbu yo’nalishda o’ziga xos tajribaga ega mentorlar tomonidan taqdimot va mashg’ulotlar o’tkazilib, yangi o’quv yili davomida ma’naviy-ma’rifiy sohada olib boriladigan ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha tavsiyalar berilmoqda.
Ushbu seminarda Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i O’.Rahmonov ham ishtirok etmoqda.