INSTITUTIMIZ PROREKTORI FORUMDA NUTQ SOʻZLADI

Yuqorida xabar berganimizdek (https://t.me/adchti_uz/29330?single), ayni vaqtda Urganch davlat universitetida respublikadagi 11 ta oliygoh mas’ullari ishtirokida «Turizm ta’limi beruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi» bo’lib o’tmoqda.

Forum doirasida qator tadbirlar va o’quv seminarlari tashkil qilingan bo’lib, Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori B.R.Axmedov ham seminarda o’z nutqi bilan ishtirok etdi.

B.Axmedov o’z taqdimotida turizmni rivojlantirish yo’lida Andijon davlat chet tillari instituti tomonidan olib borilgan ishlar va kelajakdagi loyihalarni batafsil tahlil qilib berdi hamda bu barcha ishtirokchilarda qiziqish uyg’otdi.

Leave a Reply

Skip to content