Bugun – 24-iyul kuni Andijon davlat chet tillari instituti yangi o‘quv binosining ochilish marosimi o‘tkazilib, uni viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ochib berdi.
Mazkur bino institut hududida 1000 o‘ringa mo‘ljallangan holda qad rostladi. Bino 5 qavatdan iborat. Bundan tashqari 120 o’rinli ma’ruzalar zali hamda 220 o’rinli faollar zali ham mavjud. Barcha o‘quv xonalar interaktiv doskalar va zamonaviy o‘quv uskunalar bilan jihozlangan.