OʻQUV HAMDA ILMIY ISHLARGA BAGʻISHLANGAN YIGʻILISH BOʻLIB OʻTDI

 

Andijon davlat chet tillari institutida joriy yilning II choragiga belgilangan o’quv hamda ilmiy ishlarning olib borilishi, qo’yilgan rejalarning bajarilishiga qaratilgan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilish institut rektori D.A.Rustamov raisligida tashkil qilinib, u tanqidiy va tahliliy ruhda o’tkazildi.

Rektor Dilshodbek Abduvahidovich kirish so’zi bilan yig’ilishni ochib berganidan so’ng, institutning Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i J.Egamberdiyev so’zga chiqdi va kafedralardagi professor-o‘qituvchilarning HEMIS tizimiga joylagan materiallarini tahlil qilib berdi.

Shundan so’ng O’quv ishlari bo’yicha prorektor E.Kurbanov o’quv jarayonlarini tashkil qilish jarayonlarida yo’l qo’yilgan kamchiliklarga to’xtalib o’tgan bo’lsa, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor M.Kurbanov 2024-yilning 2-choragida kafedralar tomonidan ilmiy yo’nalishda qilingan ishlar reytingini e’lon qildi va chorak yakuniga qadar rejani bajarish imkonini sharhlab berdi.

Leave a Reply

Skip to content