
Bugun – 05.05.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti Ijtimoiy gumanitar fanlar , pedagogika va psixologiya kafedrasi tomonidan «Globallashuv jarayonida fan va ta’lim muammolari va yechimlari» mavzusida onlayn va oflayn tarzda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.
Dastlab institut rektori D.A.Rustamov kirish nutqini so’zlab, anjumanni ochib bergan bo’lsa, undan so’ng Ijtimoiy gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri A.Teshaboyev anjuman tashkil qilish va o’tkazish mazmun-mohiyati haqida fikr bildirdi.
Anjumanda bir necha Oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan professor-o’qituvchilar, chet ellik mehmonlar ishtirok etib, o’z yo’nalishi bo’yicha nutq so’zladilar.
Tushlikdan so’ng amaliy mashg’ulotlar hamda taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.