Xabar berib o’tkanimizdek (https://t.me/adchti_uz/27486?single), institut rektori D.A.Rustamov talaba-yoshlar bilan uchrashib, ularga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o’tkazilgan videoselektor yig’ilishi mazmun-mohiyatini tushuntirib o’tdi.
Shundan so’ng, rektor Dilshodbek Abduvahidovich talaba-yoshlar bilan aynan ishlaydigan Gid hamrohligi, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik kafedrasi professor-o’qituvchilari bilan ham uchrashdi.
Uchrashuv davomida ayni yo’nalishda ta’lim berishdagi yondashuvni butkul o’zgartirish, talaba-yoshlarni gid hamrohligi, tarjimonlik faoliyati bo’yicha zamonaviy hamda kreativ qarashlar ruhida tarbiyalashga e’tiborni oshirish masalalari ko’rib chiqildi.