GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHISH BOʻYICHA DAVRA SUHBATI BOʻLIB OʻTDI

  

 

Giyohvandlik vositalaridan tibbiy maqsadlarda foydalanilganda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibga qatʼiy rioya etilishi kerak. Giyohvandlik vositalari bilan erkin muomala qilish taqiqlangan. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi „Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida“gi qonuniga binoan, ularni veterinariya, ilmiy va oʻquv maqsadlarida, ekspertlik faoliyatida, jismoniy shaxslarga berish va boshqa maqsadlarda muomalada boʻlish shartlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Bugun – 05.05.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti kichik majlislar zalida «Yoshlar o’rtasida giyohvandlik va kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarini tarqalishini oldini olish»ga qaratilgan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Dastlab Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor B.Axmedov nutq so’zlab, davrani ochib berdi. Shundan so’ng Andijon shahar IIOFMB JXX boshlig’i, podpolkovnik I.Nasriddinov, IIOFMB TKX JKB tezkor vakili M.Tursunboyev, institut profilaktika katta inspektorlari B.Xodjayev va M.Najmiddinovalar mavzu to’g’risida talaba-yoshlarga foydali ma’lumotlar berib o’tdilar. Suhbat davomida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob berdilar.

Leave a Reply

Skip to content